Tasnif
Netafim Alpha Disc 3″ disk filtri
Avtomatik yuvish funksiyasiga ega disk filtrlarining eng so’nggi avlodi hisoblanadi. Qo’llanish sohasi – tomchilatib sug’orish va landshaftni sug’orish.
Tozalash darajasi 130 mikron bo’lib, eng iflos suvni (loy, qum va h.k.) sifatli tozalashga imkon beradi, quvur tizimi va tomchilatish liniyalari, yomg’irlatgichlarni bekilib qolishdan himoya qiladi hamda sug’orish tizimini butun mavsum davomida uzluksiz ishlatish imkonini beradi.
Ixcham o’lcham va shu bilan birga katta unumdorlik (50 m3/soat) nasos stansiyasidagi joyni tejaydi hamda filtrlash stansiyasi maydonini qurish xarajatlaringizni kamaytiradi.
Filtrlash maydoni – 1760 sm2

