Filtrlash stansiyasi SP-36″-2 qumli avtomatik

62 135 647,2 UZS

Bo'lim: , Tag: Product ID: 1993

Tasnif

Qumli turdagi, avtomatik yuvish tizimiga ega filtrlash-nasos stansiyasi SP-36″-2
Suvni tozalash va uni tomchilatib sug’orish hamda yomg’irlatib sug’orishda
foydalanish uchun tayyorlash mo’ljallangan. Diametri 900 mm bo’lgan har bir idish
bosim yo’qotishlari minimal bo’lgan holda soatiga 28 dan 45 m3 gacha suvni tozalaydi.
Daryolar, ko’llar, rezervuarlar hamda quduqlardan olinadigan suvni tozalashda qo’llaniladi.
130 mikrongacha bo’lgan zarrachalarni ushlab qoladi. Yuvish bosimlar farqi hisobiga,
shuningdek sozlanadigan jadval bo’yicha amalga oshiriladi.

Unumdorligi 56-90 m3/soat
– Magistralga chiqishdagi hisobiy bosim (filtrlashdan keyin) – 3,5-4,0 atmosfera.
– Rezervuardan so’rish chuqurligi – 3 metrgacha
– So’rish quvuri (komplektga kirmaydi) – po’lat, DU-200 (V=1,32 m/s) tavsiya etiladi.
– So’rish qismidan magistralga chiqishgacha hisobiy bosim yo’qotishlari – 0,3-1,3 atm.
– Bosimni himoya qiluvchi klapan, havo vantuzi va antivakuum bilan jihozlangan.
– Samarali yuvish uchun suvning minimal hajmi 54 m3/soat. Yuvish vaqti 120 sek.
Yuvish uchun minimal bosim 1.5 bar.

Paxta: 12-24 gektar
Farg’ona vodiysi, Toshkent viloyati
Sug’orish oralig’i: 10-20 soat
Me’yor: 8 mm gacha
Paxta: 10-20 gektar
Jizzax, Sirdaryo, Buxoro, Surxondaryo viloyatlari
Sug’orish oralig’i: 13-20 soat
Me’yor: 10 mm gacha
Bog’lar: 28 gektargacha
Sug’orish oralig’i: 20 soat
Me’yor: 7 mm

Sizga yoqishi mumkin …