Tasnif
Poelsan (YS Series) rusumli 15 sm balandlikdagi teleskopik sepma-yomg’irlatgich gazonlar, gulzorlar, butalar va baland o’tlarni samarali va bir tekis sug’orish uchun mo’ljallangan. Yon kirish (Side Entrance) orqali qurilma chuqur yoki murakkab xandaqlardagi magistral quvurga qo’shimcha egilishlarsiz osonlik bilan ulanadi.

